Salom mani ismim Visam. Man 16 yoshdaman. Man O’zbekiston, Toshkent shahridanman. Agar O’zbekiston qattaligini bilmasela man silaga etib beraman. O’zbekiston O’rta Osiyoda joylashgan. Man u yerni chiroyli deya olaman. Agar sizlar yozda bolselar u yerda uyer judayam chiroyli va yaxshi. Balki qimmat bo’lishi mumkin. Man Toshkent shahrida yashiman. Toshkent O’zbekistonning poytaxti. Kimki agar Toshkentga borsa ular birinchi bolib Amir Temur muzeyiga va Toshkent Telebashniyasiga borishadi. Amir Temur muzeyida ko’p qiziqarli narsalarni guvohi bolishingiz mumkun. Siz O’zbeklar haqida ko’plab malumotlar olishingiz mumkin. O’zbeklar madaniyati haqida malumot olishingiz mumkun va qadimda odamlar qanday hayot kechirganlari to’g’risida malumotlar olishingiz mumkin. Agar siz Toshkent telebashniyasiga chiqadigan bolsangiz, siz butun Toshkentni ko’rishingiz mumkin. Mani fikrim bo’yicha kechasi chiroyli ko’rinadi.
Bir kuni mening dadam o’rtog’lari bilan Skypeda gaplashvotgan edilar.Ularning o’rtog’lari Amerikada yashaydilar. Dadamni o’rtog’lari Amerikaga kelinglar deb maslahat berdilar. Yna ular aytdilarki u yerda hayot judayam yaxshi va bolalaringiz ingliz tilini tez o’rganishligi mumkin dedilar. Dadam bizlarga Amerikaga boramiz dedilar. Oilamdagilar xursand edi. Man o’z o’zimga ettimki endi orzularim ro’yobga oshadi dedim chunki man uchuvchi bo’lishni orzu qilar edim. Balki bu niyatim amalga oshsa kerak.
Man Amerikaga borishimni bilmagan edim. Lekin mani orzuyim kotta edi. Mani dadam samalyotga chipta oldilar.05/26/13 kechasi, biz aeroportga ketyapmiz. Man yig’lavotgan edim. Chunki man buvimni va vatanimni tashlab ketvotgan edim. Endi man ularni sog’inaman. Biz samalyotga o’tirdik va man oyndan ko’chaga qarab hayir O’zbekiston dedim.
Biz New Yorkdamiz. Biz qarimdoshimiznikiga bordik. Uyerda park bor edi. Man uyerga pachti har kuni chiqardim. Biz qarimdoshimizbilan bir oy turdik. Keyin o’zimiz uy olib chiqib kettik. Man hayotim yomon emas edi. Man yna O’zbeklarni uchrttim. Ular bilan parkga chiqib futbol oynar edik. Sentyabr yaqinlashmoqda, man maktabga borishim kerak. Mani bir o’rtog’im ozi o’qiydigan maktabga taklif qildi. Biz u yerga bordik. Karlos aka bizga aytdiki man sentyabirdan maktabga kelsam bo’lar ekan.
Hozir man Amerikadagi maktabga boraman. Man yangi do’stlar orttirdim. Azgina inglizcha gaplasha olaman. Lekin man O’zbekistonni sog’indim, ovqatlarin va buvimni. O’zbekistonni ovqatlari judayam mazali. Agar tatib ko’rsangiz bir umir esingizda qoladi
writer writing the good information about his life but writer need the improve the sentences and words
ReplyDeleteyour details are good but you need to write more about our country
ReplyDelete